Toshkent viloyati Bekobod shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, 11,4 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shohobchasi egalariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura reyd tadbirida Buxoro viloyati Kogon tumanidagi issiqxona egasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi. 3,7 mlrd so‘m zarar yetkazgan tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Davlat dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi prezident farmoni bilan Bosh prokuraturaga quyosh panellarini o‘rnatish rejasining ijrosini ta’minlash topshirildi. Energetika vazirligi hokimliklar bilan birgalikda ularni tuman va shaharlarda o‘rnatish dasturini ishlab chiqadi.
Bosh prokuratura Andijon viloyatidagi birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudlarining erkakning 13 yoshli qo‘shnisi bilan jinsiy aloqa qilish niyatini ma’muriy huquqbuzarlik deb topgan qarorlariga protest kiritdi. Erkak sud qarori bilan 5 sutkaga qamalgandi.
Toshkentda hokim yordamchisi o‘zgalarning nomiga kredit olgani ma’lum bo‘ldi. Hokimlik uni 2024-yil noyabrda ishdan bo‘shaganini ta’kidlab, OAVni ma’suliyatli bo‘lishga chaqirdi. Prokuratura esa u jinoyatni hokim yordamchisi bo‘lganida sodir etganini qayd etib, hokimlikni jamoatchilikni chalg‘itmaslikka chaqirdi.
Andijonda er-xotin 13 yoshli qo‘shni qizga nisbatan shahvoniy shilqimlikda ayblanib, sud tomonidan 5 sutka qamoq va jarima jazosiga tortilgandi. Sud qarori yuzasidan apellyatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmagan. Viloyat prokuraturasi mazkur sud hujjatlarini o‘rganishni boshladi.
2025-yilda O‘zbekistonda 250 mingta obyektni, jumladan, 150 mingta uyni quyosh panellari bilan jihozlash reja qilinmoqda, deya xabar qildi Bosh prokuratura. Topshiriqni bajarish uchun joylarda hokimlik, “O‘zenergoinspeksiya”, banklar va boshqa idoralar xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tuziladi.
2025-yilda O‘zbekistonda aholi xonadonlari, kichik biznes va ijtimoiy soha obyektlari energiya iste’molining kamida 40 foizi muqobil energiya manbalari — quyosh panellari va quyosh kollektorlarini o‘rnatish hisobiga qoplanadi. “Bu vazifaning bajarilishi so‘zsiz ta’minlanadi”, — dedi bosh prokuror o‘rinbosari.
Komil Allamjonovga nisbatan qotillikka suiqasd ishi bo‘yicha ikki nafar Rossiya fuqarosi — Bislan Rasayev va Shamil Temirxanovga qidiruv e’lon qilindi. Ular qonunga xilof ravishda O‘zbekistonga kirish va chiqish, jinoyat haqida xabar bermaslik hamda o‘qotar qurolning qonunga xilof muomalasida ayblanmoqda.
Namanganda yashagan ayol oilaviy muammolar sababli o‘zi va ikki farzandini Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashladi. Bolalar qutqarib qolingan, ayol esa vafot etgan.
Bosh prokuratura O‘zbekistonda o‘tgan 10 oy ichida ish haqi va nafaqa pullarining 5,8 mlrd so‘mi talon-toroj qilinganini aniqladi. Bundan tashqari, kredit mablag‘larining 2,5 trln so‘mi talon-toroj qilingani aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 906 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Bosh prokuratura Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirishda gumon qilinayotganlar 7 kishiga yetganini bildirdi. Xususan, ulardan biri Javlon Yunusov Janubiy Koreyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Yana birining Qozog‘istonda yashiringan manzili aniqlandi.
Prezident Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar ikki mamlakat bosh prokuraturalarining terrorizm, ekstremizm, noqonuniy migratsiya, sun’iy intellekt sohalaridagi hamkorligi masalalarini muhokama qildi.
Toshkent shahri Chilonzor tumanida 11-noyabr kuni g‘oyib bo‘lgan 24 yoshli yigitning jasadi topildi. Uning jasadi 12-noyabrda Anhor kanalida erkak cho‘kib ketgani haqida xabar kelib tushganidan so‘ng, 4-GES yaqinidagi suvdan aniqlandi.
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanalidan 23 yoshli ayolning murdasi topildi. U bir necha kun oldin uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.
Surxondaryoning Denov tumanida 17 yoshli qiz o‘zi yashaydigan ko‘p qavatli uyning 8-qavatidan yiqilib, vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Bosh prokuror o‘rinbosari Shoxrux Aminov ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan saylov masalasiga oid 16 ta turli xabarlar o‘rganib chiqilganini ma’lum qildi. Uning ma’lum qilishicha, ulardan birontasida qonun buzilishi aniqlanmagan.
Ichida Komil Allamjonov bo‘lgan yo‘ltanlamasga o‘q uzishda gumonlanganlardan biri ushlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi.
Bosh prokuratura 22-oktabrdan Toshkent shahri va viloyatida atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan korxonalarni tekshirishni boshladi. Nazorat organi filtrlovchi uskunalarni o‘rnatish ishlari kechikayotganini ta’kidladi. Poytaxtda 31 ta korxonadan faqat 8 tasi bunday uskunalarni o‘rnatgan.
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida kvartiralardan birida gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 nafar a’zosi halok bo‘lgandi. Bosh prokuratura gaz ta’minoti bo‘limi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting